Stol plansheti

Mehmon ofitsiantni kutmasdan buyurtma beradi

Planshet stolda turadi: mehmon rasmli menyudan taom tanlaydi, buyurtma darhol kassa va oshxonaga ketadi. Hisobni ko'rish, ofitsiantni chaqirish va QR orqali to'lash — shu ekranning o'zida.

Menyu laCafe panelidan jonli olinadi — alohida kiritish shart emas. Planshet stolga 6 belgili kod bilan ulanadi.

laTable menyusi: bo'limlar, taomlar rasmi va narxi, ofitsiantni chaqirish tugmasi
laTable to'lov ekrani: Payme QR kodi va to'lanadigan summa
Bitta planshet — to'rt ish

Stolda kerak bo'lgan hamma narsa

Ofitsiant endi menyu tashib yurmaydi: u faqat taomni olib keladi va chaqiruvga javob beradi.

BuyurtmaRasm, tarkib va narx bilan menyu. Buyurtma kassaga va oshxonaga o'zi tushadi.
Stol hisobiBarcha buyurtmalar, xizmat haqi, to'langan va qoldiq — kassadagi bilan bir xil raqam.
Ofitsiant chaqirishBitta tugma: chaqiruv ofitsiant ilovasiga va zal doskasiga boradi.
To'lovQR orqali mehmonning o'z telefonida — yoki naqd va terminal bilan hisob so'rash.
Imkoniyatlar

laCafe bilan allaqachon bog'langan

laTable laCafe ekotizimining bir qismi: menyu, stollar, kassa, ofitsiantlar va to'lov ilovalari bilan birga ishlaydi.

Jonli menyu

Bo'limlar, taomlar, rasmlar va stop-list laCafe panelidan. Tugagan taom planshetda xira ko'rinadi va savatga tushmaydi.

Stolning o'z menyusi

Har planshet stolga bog'langan: zal yoki filial menyusi o'zi tanlanadi, istasangiz planshetga alohida menyu biriktirasiz.

Onlayn va naqd to'lov

Payme, Click, Uzum — restoranda ulangan hisoblar orqali. Naqd va terminal tugmalari ofitsiantni hisob bilan chaqiradi.

Mehmon bahosi

Mehmon xizmatni yulduzcha va izoh bilan baholaydi — baho laCafe panelidagi «Baholar» ro'yxatiga tushadi.

Kiosk rejimi

Planshet to'liq ekranda ishlaydi, mehmon ilovadan chiqib keta olmaydi. Dasturxon yopilsa, keyingi mehmonga tayyor.

3 til

Mehmon o'zbek, rus yoki ingliz tilini o'zi tanlaydi.

Mehmon ko'radigan ekran

Tanlashdan to'lovgacha — bir necha bosishda

  • Katta rasm, tarkib va narx taom oynasining o'zida
  • Taomga izoh: «achchiq bo'lmasin», «piyozsiz»
  • Buyurtma holati jonli: qabul qilindi, pishirilmoqda, tayyor
  • Stol hisobi xizmat haqi bilan, kassadagi chek bilan bir xil
  • To'lov QR kodi — mehmon o'z telefonida to'laydi
laTable taom oynasi: katta rasm, tarkibi va savatga qo'shish
laTable stol hisobi: buyurtmalar, holati, jami, to'langan va qoldiq
Ikki rejim

Internet orqali yoki zal tarmog'ida

Planshet ulash ekranida rejimni tanlaydi. Ikkalasida ham mehmon bir xil ekranni ko'radi.

Global

Kassa serverisiz, internet orqali: planshet laTable xizmatiga ulanadi, buyurtma laCafe orqali kassaga tushadi. Yangi restoranlar uchun eng tez yo'l.

Wi-Fi yoki mobil internetserver kerak emas

Mahalliy

Filial kompyuteridagi laBox orqali, restoran tarmog'ida. Internet uzilsa ham buyurtma kassaga tushaveradi.

laBoxlokal tarmoq

Qurilmalar

iPad va Android planshetlar. Har stolga bitta planshet — ularni laCafe sozlamasida qo'shasiz va istalgan payt uzasiz.

iPad · iPadOS 17+Android
laCafe ilovalar do'koni

Restoraningizga o'rnating — bepul

laTable laCafe ilovalar do'konida. O'rnatgach, filiallar, stollar va menyu laCafe panelidan olinadi.

  1. Ilovalar do'koni → laTable → O'rnatishlaCafe hisobingiz bo'lmasa — lacafe.uz orqali ulaning.
  2. Sozlamalar → Ilovalar → laTable → Planshet qo'shishFilial va stolni, menyu va to'lov usullarini tanlaysiz — 6 belgili kod chiqadi.
  3. Planshetda kodni kiritinglaTable ilovasini oching, «Global» rejimni tanlang va kodni kiriting — stol tayyor.

Ko'p beriladigan savollar

Buyurtma qayerga tushadi?

Stolning joriy hisobiga: laCafe'da ko'rinadi va kassa ulangan bo'lsa (iiko, Poster va boshqalar) o'sha yerga, oshxonaga ham yuboriladi.

Menyuni qayerda to'ldiraman?

laCafe panelidagi menyuda: bo'limlar, taomlar, rasmlar, narxlar va stop-list. Planshetga alohida kiritish kerak emas.

Mehmon qanday to'laydi?

Onlayn — ekrandagi QR orqali o'z telefonida (Payme, Click, Uzum; restoranda ulangan bo'lishi kerak). Naqd yoki terminal — tugma ofitsiantni hisob bilan chaqiradi.

laTable qancha turadi?

laCafe do'konida bepul. Planshetlar soniga cheklov yo'q.

Planshet o'g'irlansa yoki almashtirilsa-chi?

Sozlamalarda uni «Uzish» bilan bir zumda o'chirasiz — planshet ulash ekraniga qaytadi. Yangisini yangi kod bilan ulaysiz.